PGMK (Birinchi tog‘-kon mashinasozligi kompaniyasi) — yangi avlod tog‘-kon uskunalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Bugungi kunda Rossiya va MDHda litiy-ionli akkumulyatorlarda ishlaydigan tog‘-kon texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan birinchi va yagona kompaniyadir. Mijozimiz bizdan ushbu ulug‘vor (ambitsiyali) va innovatsion kompaniyani aks ettiruvchi brend yaratishni so‘radi. Yangi vizual aydentikaning asosiy elementi sifatida energiya uchqunining stillashtirilgan belgisi tasvirlangan logotip tanlandi.