Brend: Enso
Mahsulot: Vafli
Enso — O‘zbekistondagi mahalliy vafli brendi. Ishlab chiqaruvchi (Deya kompaniyasi) zamonaviy bozor trendlariga mos ravishda logotip va qadoq dizaynini yangilash vazifasi bilan bizga murojaat qildi. Avvalgi dizayn eskirib qolgani sababli, biz yangilangan food-zona va shriftli logotipga asoslangan yangi vizual aydentika ishlab chiqdik. Asosiy maqsadimiz — mahsulot do‘kon peshtaxtalarida xaridorlar e’tiborini o‘ziga tortishini ta’minlash edi.
Art-direktor: Jamol Akbarov
Grafik dizaynerlar: Jamol Akbarov, Hojiakbar Rahimov