Brend: Finko
Faoliyat sohasi: Moliyaviy marketpleys
Finko — O‘zbekistondagi yangi moliyaviy marketpleysdir. Mijozimiz bizdan zamonaviy moliyaviy marketpleys muhitini aks ettiruvchi brend va korporativ uslubni ishlab chiqishni so‘radi. Moliyaviy marketpleys — bu foydalanuvchilarga turli banklar, sug‘urta kompaniyalari va investitsiya firmalarining xizmatlarini bir joyda taqqoslash hamda xarid qilish imkonini beruvchi onlayn platformadir. Yangi korporativ uslubning asosiy elementi birja diagrammasining stillashtirilgan belgisini aks ettiruvchi logotip hisoblanadi.
Art-direktor: Jamol Akbarov
Grafik dizaynerlar: Jamol Akbarov, Hojiakbar Rahimov, Sarvar Jo‘rayev