Dunyoviy tajriba

Kingdom Education. Innovatsion o‘quv markazi uchun brend va korporativ uslub

Brend: Kingdom Education
Faoliyat sohasi: Ingliz tilini o‘rganishga ixtisoslashgan innovatsion maktab

Ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortishi iste’molchilar uchun o‘zaro raqobatlashadigan ko‘plab ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarining paydo bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Kingdom Education brendi oldimizga kuchli identifikatsiya orqali standart o‘quv muassasalaridan ajralib turish vazifasini qo‘ydi. Biz yangi boshlanish hamda o‘sish poydevorini ifodalovchi «fundament» (asos) ramzi bo‘lgan stillashtirilgan belgi yaratdik. Ranglar palitrasi esa markani ajratib ko‘rsatish va brendning tanilishini (yaxshi eslab qolinishini) oshirish uchun tanlandi.

Top