“Sahovat” kompaniyasi bizga do‘kon peshtaxtalarida osongina tanib olinadigan yangi holva brendini yaratish iltimosi bilan murojaat qildi. Holva — kelib chiqishi Fors (Eron) o‘lkasiga mansub bo‘lgan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qandolat mahsulotidir. Biz raqobatchilarni o‘rganib chiqdik va ushbu bilimlar asosida yangi logotip, korporativ rang hamda lakonik illyustratsiyalar asosiy element hisoblangan vizual tizimni ishlab chiqdik.