Kruassan MDH mamlakatlari uchun yangi mahsulot bo‘lib, iste’mol madaniyatida hali keng ommalashmagan. Deya kompaniyasi kruassanlar ishlab chiqaradi va ushbu mahsulotlarning yangi bozorlardagi sotuvini oshirishga harakat qilmoqda. Biz o‘ziga xos nom, qadoqlash uchun vizual dizayn yaratdik hamda mahsulotni supermarketlar va boshqa savdo nuqtalarida ajralib turishini ta’minlashga urindik. Yangi mahsulotning idrok etilishini yaxshilash uchun oddiy vizual elementlar va yangi klipartlardan foydalandik.
Mazkur brend DesignRush (AQSh) talqiniga ko‘ra shirinliklar uchun eng yaxshi qadoq dizaynlari ro‘yxatiga kiritildi. DesignRush (США)