Dunyoviy tajriba

TerraNova. Tuproq (grunt) uchun qadoq dizayni. Sankt-Peterburg, Rossiya

Brend: TerraNova
Mahsulot: Tuproq (grunt)

Rossiyaning «Fart» kompaniyasi biogumus asosida tayyorlangan 70 dan ortiq turdagi oʻgʻitlar, tuproq aralashmalari va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqaradi. Biogumus oʻsimliklarning oʻsishi va uygʻun rivojlanishini ragʻbatlantiruvchi tabiiy organik modda hisoblanadi. Mijoz oʻz mahsulotini peshtaxtalarda yaqqol ajratib turadigan yangi tuproq brendini yaratish boʻyicha bizga murojaat qildi. Biz raqobatchilarni batafsil oʻrganib chiqdik va shu asosda «yangi yer» maʼnosini anglatuvchi «TerraNova» savdo belgisini yaratdik. Qadoq dizaynida esa «yer» konsepsiyasidan foydalandik

Top